smart_banner_logo

Продолжить
в приложении Korona

Скачать

Пропустить меню

Pullaringizni himoya qiling


Firibgarlardan ehtiyot bo‘lish uchun ushbu qoidalarga amal qiling

1. Pul yuborishga shoshilmang

Agar siz bilan telefon, elektron pochta yoki xabarlar orqali bog‘lanib, zudlik bilan pul o‘tkazishni so‘rashsa, shoshilmang. Avval ma’lumotni tekshirib ko‘ring. Firibgarlar tomonidan o‘ylab topilgan sabablar turlicha bo‘lishi mumkin: yaqin insoningiz qiyin ahvolga tushib qoldi, siz lotereyada yutdingiz va soliq to‘lashingiz kerak, kimdir sizning nomingizga kredit olgan va qarzni qaytarishingiz lozim. Firibgarlarning maqsadi sizni vahima ichiga solib, tezda qaror qabul qilishga majburlash. Ular hatto sizga ismingiz va sharifingiz bilan murojaat qilishlari mumkin. Bu ma’lumotlarni topish qiyin emas: biz ularni saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tayotganda o‘zimiz qoldiramiz.

Yaqinlaringiz bilan bog‘laning yoki o‘zingiz kerakli tashkilotga qo‘ng‘iroq qilib, ma’lumotlarni tekshiring.

2. Karta ma’lumotlarini oshkor qilmang

Agar sizga qo‘ng‘iroq qilib, kartangiz ma’lumotlarini aytishni yoki siz amalga oshirmagan harakatlarni (pul o‘tkazish, qarz rasmiylashtirish, kartaga bog‘langan telefon raqamini o‘zgartirish va h.k.) tasdiqlashni so‘rashsa, darhol telefonni qo‘ying.

Hech kimga quyidagilarni aytmang:
- pasport ma’lumotlari (shuningdek, boshqa har qanday hujjat ma’lumotlari),
- kod so‘zi,
- internet-bankning shaxsiy kabinetiga kirish uchun login va parolni,
- SMSdan olingan kodlar;
- kartaning 16 xonali raqami va uning amal qilish muddati;
- PIN-kod,
- CVC/CVV/ СVP-kod (kartaning orqa tomonida yozilgan 3 xonali himoya kodi).

Bank/xavfsizlik xizmatining haqiqiy xodimlari na telefon orqali, na xatlarda bunday ma’lumotlarni so‘ramaydi. Xuddi shunday tartib «Koronapay» pul o‘tkazmasini yuborayotgan shoxobchalardagi xodimlarga ham tegishli.

3. Saytlarni tekshiring

SMSdagi havolalarga o‘tmang. Shubhali saytlarda karta ma’lumotlarini kiritmang. Soxta saytlar rasmiy saytlarga juda o‘xshash bo‘lishi mumkin, ammo firibgarlar tomonidan karta ma’lumotlarini o‘g‘irlash uchun foydalaniladi. Agar xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, uning rasmiy internet-do‘kon ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar pul o‘tkazmasini yuborayotgan bo‘lsangiz, «Koronapay» xizmatining https://koronapay.com/ veb-saytida ekanligingizga ishonch hosil qiling.

4. To‘lov hujjatlarini saqlang

Pul o‘tkazmasini yuborganingizdan so‘ng olgan hujjatlaringizni: kvitansiyalar, cheklar va boshqalarni tashlab yubormang. Agar firibgarlik holati yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, ular sizga kerak bo‘ladi.

Agar firibgarlar qurboniga aylangan bo‘lsangiz

Bunday holatda imkon qadar tezroq huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va bankingizning ishonch telefoniga murojaat qiling.
«Koronapay» xizmatlari bilan bog‘liq firibgarlik holatlarida xizmatning qo‘ng‘iroqlar markaziga +7 (495) 96-00-555 raqami orqali qo‘ng‘iroq qiling (24/7, qo‘ng‘iroq aloqa operatoringiz tariflariga muvofiq to‘lanadi). Agar pul o‘tkazmasi hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, uni bekor qilish va pul mablag‘larini qaytarish imkoniyati mavjud.¹