Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari

Korona ilovasida onlayn pul o‘tkazmalarini yuboring

Tariflar va shartlar

O‘tkazma qanday yuboriladi

Mamlakatni tanlang va yuborish usulini tanglang
1
Mamlakatni tanlang va yuborish usulini tanglang

«O‘tkazmani yuborish» tugmasini bosing, oluvchi joylashgan mamlakatni va yuborish usulini tanlang. Summani kiriting va kerak bo'lsa, o‘tkazma valyutasini tanlang

Oluvchi va yuboruvchi ma’lumotlarini to‘ldiring
2
Oluvchi va yuboruvchi ma’lumotlarini to‘ldiring

Pasportdagi kabi yuboruvchining telefon raqami, familiyasi, ismi va otasining ismini, shuningdek oluvchining zarur ma‘lumotlarini kiriting

Ma’lumotlarni tekshiring
3
Ma’lumotlarni tekshiring

Tekshirishdan keyin pul o‘tkazmasini karta¹ bilan to‘lang

  1. 1
    Mamlakatni tanlang va yuborish usulini tanglang

    «O‘tkazmani yuborish» tugmasini bosing, oluvchi joylashgan mamlakatni va yuborish usulini tanlang. Summani kiriting va kerak bo'lsa, o‘tkazma valyutasini tanlang

  2. 2
    Oluvchi va yuboruvchi ma’lumotlarini to‘ldiring

    Pasportdagi kabi yuboruvchining telefon raqami, familiyasi, ismi va otasining ismini, shuningdek oluvchining zarur ma‘lumotlarini kiriting

  3. 3
    Ma’lumotlarni tekshiring

    Tekshirishdan keyin pul o‘tkazmasini karta¹ bilan to‘lang

Mamlakatni tanlang va yuborish usulini tanglang

O‘tkazma qanday olinadi

Berish shoxobchalarida naqd pul bilan

Oluvchining o‘zi qaror qiladi: pullarni 30 000+ berish nuqtalaridan birida olish yoki karta hisobiga o‘tkazish Shoxobchalarning manzillarini xaritada ko‘rish mumkin

Bank kartalariga

Agar pul o'tkazmasini kartaga o'tkazish mumkin bo'lsa, o'tkazma haqidagi ma'lumotlar ilovaning asosiy ekranida ko'rinadi. Pullar bir necha daqiqa ichida oluvchi kartasiga tushadi. Hisobga o‘tkazish uchun Visa, Mastercard, Maestro kartalari mos keladi.

Korona ilovasi bilan

1

Pullarni foydali tariflar bo‘yicha o‘tkazing

Pullarni foydali tariflar bo‘yicha o‘tkazing
2

Yaqin-atrofdagi xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini toping

Yaqin-atrofdagi xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini toping
3

O‘tkazma limitlari va holatini kuzatib boring

O‘tkazma limitlari va holatini kuzatib boring
4

Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga savollar bering

Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga savollar bering

Servis haqida

20 000 xizmat ko‘rsatish shoxobchalari

Servis qatnashchilari va hamkorlari — dunyoning 50 ta mamlakatidagi banklar, pochta operatorlari va yirik savdo tarmoqlari

Onlayn o‘tkazmalar

Pullarni internet orqali Yevropa mamlakatlari, Rossiya, Turkiya, Gruziya, MDH mamlakatlariga o‘tkazing. O‘zingiz uchun qulay bo‘lgan o‘tkazma valyutasini tanlang

Tariflar 0%³

Agar o‘tkazma valyutasi yuborish valyutasidan farq qilsa, o‘tkazma uchun vositachilik haqi⁴ yo‘q. Masalan, siz rublda to‘laysiz, o‘tkazmani esa dollarda yuborasiz

Qulay ilova

25 milliondan ortiq foydalanuvchilar Korona ilovasini yuqori baholadilar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Korona nima?

Korona – «Zolotaya Korona» pul o‘tkazmalari uchun mobil ilova. «Zolotaya Korona» — Rossiya va MDH mamlakatlari moliya bozorlarida 25 yildan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan toʻlov xizmatlari tizimi. Pul oʻtkazmalari xizmatlaridan onlayn tarzda KoronaPay mobil ilovasida va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida foydalanish mumkin – «Zolotaya Korona» yuzlab banklar, pochta boʻlimlari, yirik doʻkonlar tarmoqlari bilan hamkorlik qiladi. Pul o'tkazmasini berish va jo‘natish uchun qulay shoxobchani va kreditni to‘lash uchun ofisni xaritada tanlashingiz mumkin. 25 yildan ortiq vaqt davomida biz millionlab mijozlarimiz uchun moliyaviy xizmatlarni hammabop va qulay qilib kelmoqdamiz.

Korona mobil ilovasi orqali qanday qilib pul yuborish mumkin?

Pul o‘tkazmasini yuborish uchun Korona (6+) mobil ilovasini yuklab oling.

  1. «Pul o‘tkazmani yuborish» tugmasini bosing, oluvchi joylashgan mamlakat, o‘tkazma summasi va valyutasini tanlang. Biz o‘tkazma narxini hisoblab chiqamiz va vositachilik haqini, valyutani konvertatsiya qilish kursini ko‘rsatamiz hamda oluvchini o‘tkazma holati to‘g‘risida xabardor qilish xizmatini taklif qilamiz.
  2. Oluvchi va yuboruvchi ma’lumotlarini to‘ldiring. Oluvchining telefon raqami, familiyasi, ismi va otasining ismini pasportdagi kabi kiriting.
  3. Tekshiring va zarur bo‘lsa, ma’lumotlarni tuzating. Agar siz oluvchining ma’lumotlarini kiritishda xato qilgan bo‘lsangiz, unga o‘tkazmani bermaydilar.
  4. Karta ma’lumotlari: raqami, amal qilish muddati, kartaning orqa tarafidagi uchta raqamli CVC2/CVV2 kodi maydonlarini to‘ldiring. Karta 3-D Secure texnologiyasi - SMS orqali operatsiyalarni tasdiqlashni qo‘llab-quvvatlashi kerak.
  5. «To‘lash» tugmasini bosing va o‘tkazmani to‘lashni tasdiqlang.

Oluvchi saytda yoki Korona (6+) ilovasida o‘tkazma holatini kuzatib bora olishi va pullarni olishi uchun unga o‘tkazmaning xos raqamini albatta yuboring.

Pullar qachon keladi?

Pul o'tkazmasini onlayn usulida yuborganda odatda pul bir zumda yoki keyingi ish kunida keladi. Dam olish yoki bayram kunlarida yuborilganda, pul o‘tkazmasi 2 ish kunigacha kelishi mumkin. Pul o‘tkazmasini oluvchining to‘liq ismi va telefon raqamiga naqd pul olish uchun yuborishda, qoida tariqasida, pul o‘tkazmasini yuborilganidan keyin bir necha daqiqadan so‘ng qabul qilish mumkin bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kartaga yuborilganda, hisobga tushish muddati 30 daqiqadan 3 ish kunigacha. Hisobga tushish shartlari emitent bankka qarab uzaytirilishi mumkin.

O‘tkazmani boshqa valyutaga konvertatsiya qilishda kurs qanday bo‘ladi?

O‘tkazmani yuborish vaqtidagi aniq konvertatsiya kursini Korona (6+) ilovasida bilish mumkin. Buning uchun oluvchi mamlakati, o‘tkazma summasi va valyutasini tanlang - va siz konvertatsiya kursi va rubldagi to‘lash summasini ko‘rasiz.

O‘tkazmani qanday qilib kartaga olinadi?

O‘tkazmani Korona (6+) mobil ilovasida yoki saytda kartaga olishingiz mumkin.

  1. Ilovada O‘tkazmalar tarixi bo‘limini oching. Agar pul o‘tkazmasini onlayn olish mumkin bo‘lsa, siz «Kartaga pul o‘tkazmasini olish» tugmasini ko‘rasiz. Aks holda, biz sizga naqd pul olish shoxobchalarining manzillarini ko‘rsatamiz.
  2. Veb-saytda «O‘tkazmani hisobga o‘tkazish» tugmasini bosing va uni telefon raqamingiz orqali toping. Agar siz RF fuqarosi bo‘lsangiz: o‘zingizning FISh va pullarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan karta raqamini kiriting. Agar siz chet el fuqarosi bo‘lsangiz: o‘zingizning FISh, pasport ma’lumotlaringiz va tug‘ilgan joyingiz va ro‘yxatga olish manzilini kiriting. Hamda Shaxsiy kabinet talablariga ko‘ra, boshqa ma’lumotlarni.
  3. Tayyor! Tasdiqlanganidan keyin pullar ko‘rsatilgan kartaga tushadi. Odatda, pul bir necha daqiqada keladi. E’tibor bering: karta hisobiga o‘tkazish muddati bankingizga bog‘liq bo‘ladi.

Agar o‘tkazmani kartaga o‘tkazib bo‘lmasa, uni naqd pulda olishingiz mumkin. Batafsil ma‘lumotni Kartaga pul o‘tkazmalarini olishning maxsus shartlarida topishingiz mumkin.

O‘tkazma qanday qilib naqd pulda olinadi?

O‘tkazmni naqd pulda «Zolotaya Korona» berish shoxobchalarida olishingiz mumkin. O‘tkazmani olish uchun sizdan uning raqami talab qilinadi.

O‘tkazma raqami bo‘yicha o‘tkazmaning berishga tayyor ekanligi yoki yo‘qligini tekshirish mumkin. Buni Korona (6+) ilovasida qilish mumkin.

  1. Berish shoxobchasini tanlang. Saytda yoki ilovada kartadan foydalaning.
  2. Shoxoncha xodimiga sizga «Zolotaya Korona» o‘tkazmasi kelganligini ayting. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat - pasportni taqdim eting¹.
  3. O‘tkazma raqamini ayting va pulni oling.

¹Pul o‘tkazmasini olish ushbu o‘tkazmani qabul qilgan mamlakat qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi, kerakli hujjatlar ro‘yxatini aniqlashtirish uchun pul o‘tkazmasini olishni rejalashtirgan bank filialiga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

«Zolotaya Korona» orqali qancha pul yuborish mumkin?

1 ta o‘tkazmaning maksimal summasi 5 000 AQSh dollaridan oshmasligi kerak (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga konvertatsiya qilingan).

30 kalendar kun ichida o'tkazma operatsiyalarining maksimal summasi 2 000 000 rubldan oshmasligi kerak.

«Zolotaya Korona» pul o‘tkazmalarini qaysi bank kartasidan yuborish mumkin?

Siz Rossiya Federatsiyasi banklari tomonidan chiqarilgan Mir, Visa, Mastercard, Maestro kartalaridan pul o‘tkazmasini yuborishingiz mumkin. Karta 3-D Secure xavfsiz to‘lov texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi kerak — SMS orqali operatsiyalarni tasdiqlash. O‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan kartalarning joriy ro‘yxati va olish usullari bilan https://koronapay.com/transfers/cards-for-transfers/ sahifasida tanishishingiz mumkin.

«Zolotaya Korona» pul o‘tkazmasini qayerda olish mumkin?

Oʻzbekistonda «Zolotaya Korona» oʻtkazmalarini berish tizimning mahalliy hamkor banklari tomonidan amalga oshiriladi. Ularning har qandayiga murojaat qilishingiz mumkin. Siz uchun qulay variantni tanlang: manzili va ish vaqti koʻrsatilgan banklar roʻyxati kompaniya veb-saytida ham, Korona (6+) mobil ilovasida ham mavjud.

Menga yuborilgan pul o‘tkazmasining raqamini qanday bilsam bo‘ladi?

Agar siz «Zolotaya Korona»dan pul o‘tkazmasini kutayotgan bo‘lsangiz, telefoningizga mobil ilovani o‘rnating, unda faqatgina raqam emas, balki kelgan tranzaksiya haqidagi barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, yuboruvchi pul o‘tkazmasini amalga oshirayotganda xizmatning bildirishnoma funksiyasidan foydalanishi yoki raqamni o‘zi berishi mumkin.

Umuman olganda, yuborilgan yoki olingan pul o‘tkazmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Korona (6+) mobil ilovasining «Tarix» bo‘limida avtorizatsiyadan so‘ng olish mumkin.

Agar yuboruvchi to‘liq ismini xatolik bilan ko‘rsatgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

O‘tkazish ma‘lumotlariga faqat uni yuborgan shaxs o‘zgartirish kiritishi mumkin. Yuboruvchiga pul o‘tkazish paytida xatoga yo‘l qo‘yganligini ayting va u vaziyatni to‘g‘irlashini kuting.

Hamma savollar