“Zolotaya Korona” o‘tkazmalarini yuborish yoki qabul qilish uchun faqatgina smartfoningiz,
bank kartasi va internet kerak bo‘ladi.
Kirish va ro‘yxatdan o‘tish
Birinchi marta kirishda O‘zbekistonni tanlang, mobil telefon raqamingizni kiriting, “Kirish kodini olish” tugmasini bosing va SMS da kelgan kodni kiriting.
O‘tkazma ma’lumotlari
Profilni to‘ldirgach birinchi o‘tkazmangizni yuborishingiz mumkin. Pul yubormoqchi bo‘lgan davlatingizni tanlang, kerakli valyutada o‘tkazma miqdorini, so‘ngra qabul qiluvchining mobil telefon raqami va familiyasi, ismi, sharifini kiriting. To‘lovni amalga oshirishdan avval o‘tkazma va qabul qiluvchi haqidagi barcha ma’lumotlarni diqqat bilan tekshiring.
Kartangizning raqami
Agar barcha ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa Uzcard yoki HUMO kartangiz raqami va uning amal qilish muddatini kiriting. “To‘lash” tugmasini bosing va to‘lovni tasdiqlash uchun SMS xabarda kelgan kodni kiriting
Tayyor!
Endi siz qabul qiluvchiga o‘tkazma raqamini berishingiz mumkin
“Zolotaya Korona”pul o'tkazmasini naqd pul bilan istalgan xizmat ko'rsatish punktidan yuborish mumkin.
Mobil ilovada yoki koronapay.com saytida sizga qulay bo'lgan bank ofisini toping
«Zolotaya Korona» ilovasida O‘zbekistondan pul yuborish juda oson:
O‘zbekistondan pul o‘tkazmalarini «Zolotaya Korona» orqali faqat onlayn emas, balki naqd pulda yuborish imkoniyati ham mavjud – tizimning istalgan xizmat ko‘rsatish nuqtasiga murojaat qiling. Barcha nuqtalar manzillari saytda ko‘rsatilgan, bu sizga joylashuvi bo‘yicha eng qulay nuqtani topishga yordam beramiz.
Ushbu xizmatdan foydalanish va O‘zbekistondan pullarni kartasiz yuborish uchun:
«Zolotaya Korona» pul o‘tkazmalari tizimi orqali onlayn formatda pul yuborish uchun, oluvchining ma‘lumotlarini uning shaxsni tasdiqlovchi hujjatida ko‘rsatilgandek kiritish muhimdir. Agar xato bo‘lsa, uni olish bilan bog‘liq muammolar vujudga kelishi mumkin. Shuningdek, pul o‘tkazmasini amalga oshirayotganda, servis yuboruvchining pasport ma’lumotlarini ko‘rsatishingizni so‘raydi.
Pul o‘tkazmasini naqd pul bilan yuborishda o‘zingiz bilan birga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak.
O‘tkazmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartaga qabul qilish xizmati Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova va O‘zbekistonda mavjud.
«Zolotaya Korona» orqali O‘zbekistondan yoki O‘zbekistonga pul o‘tkazish komissiyasi qancha bo‘lishini bilishning tezkor usuli bor.
"Korona" mobil ilovasida mamlakatni, o‘tkazmaning miqdori va valyutasini kiriting va siz komissiyaning aniq qiymatini, kurs va to‘lashingiz kerak bo‘lgan umumiy mablag‘ miqdorini ko‘rasiz.
Konvertatsiya qilingan o‘tkazmalar uchun «Zolotaya Korona» komissiya olmaydi.
Shuni hisobga olish kerakki, ba’zi banklar uchinchi tomon xizmatlari orqali amalga oshirilgan o‘tkazmalar uchun o‘z komissiyalarini olishlari mumkin. Bu haqda ma’lumot olish uchun bankingizning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
«Zolotaya Korona» yordamida siz O‘zbekistondan Rossiyaga pul o‘tkazmalarini onlayn va naqd pul orqali yuborishingiz mumkin.
Birinchi holatda, xizmatdan «Korona» mobil ilovasi orqali foydalanish mumkin:
Agar siz O‘zbekistonda naqd pul yuborish istagida bo‘lsangiz, «Zolotaya Korona»ning istalgan hamkor bankiga murojaat qiling va ushbu tizim orqali Rossiyaga xalqaro pul o‘tkazmasini amalga oshirishni xohlayotganingizni ayting. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat yoningizda bo‘lishi lozim.
«Korona» mobil ilovasida onlayn yuborish uchun mavjud yo‘nalishlarning joriy ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin. Naqd pul jo'natish mumkin bo'lgan mamlakatlarning joriy ro'yxati Koronapay.com veb-saytida.
O‘zbekistonda pulni istalgan bankda chiqarilgan Uzcard yoki HUMO tizimidagi kartalardan yuborish mumkin.
«Zolotaya Korona» pul o'tkazmalari odatda bir zumda, ba'zan keyingi ish kunida keladi Agar siz pulni dam olish kunlari yoki bayram kunlarida yuborsangiz, yetkazish muddati ikki ish kunigacha cho‘zilishi mumkin.
Siz O‘zbekistondan pullarni AQSh dollarlari, yevro yoki Rossiya rublida yuborishingiz mumkin.
Muayyan yo'nalish uchun mavjud valyutalar haqida ma'lumot olish uchun ilovaga qarang.
Agar siz «Zolotaya Korona» orqali pulni O‘zbekiston bank filialida qabul qilish yoki yuborishni xohlasangiz, bizning xizmat ko‘rsatish nuqtalarimiz ro'yxati bilan bu yerda yoki ilovada tanishing. Ro‘yxatdagi istalgan ofisga murojaat qiling.
Agar siz O‘zbekistondan xalqaro pul o‘tkazmasini amalga oshirgan bo‘lsangiz, Rossiya rubli, AQSh dollari yoki yevroda olishingiz mumkin bo‘ladi.
Agar kimdir sizga O‘zbekistonga pul yuborgan bo‘lsa, siz o‘zbek so‘mi va/yoki AQSh dollarida pul o‘tkazmasini olishingiz mumkin - bu sizning kartangizni chiqargan yoki siz naqd pulda olishni istagan bankingziga bog‘liq.
O‘zbekistonda «Zolotoy Korona» o‘tkazmalarini berish tizimning mahalliy hamkor banklari tomonidan amalga oshiriladi. Siz ularning biriga murojaat qilishingiz mumkin. O‘zingiz uchun qulay variantni tanlang: banklar ro‘yxati kompaniyaning veb-sayti va mobil ilovasida mavjud, shuningdek u yerda manzillar va ish vaqti ko‘rsatilgan.
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bank kartasidan pul mablag‘larini yechib olish (o‘tkazma miqdori) bir martalik kodni kiritish orqali tasdiqlanishi kerak, bu kartaga bog‘langan jo‘natuvchining telefon raqamiga SMS-xabarda yuboriladi. Shuning uchun sizda SMS-xabarnoma xizmati yoqilgan bo‘lishi lozim. Aks holda, ushbu xizmatni faollashtirish uchun bankingizga murojaat qiling yoki ushbu texnologiyada ishlaydigan boshqa kartadan foydalaning.
1 ta o‘tkazmaning minimal miqdori 50 000 o‘zbek so‘mini tashkil etadi.
1 o‘tkazmaning maksimal miqdori 5000 AQSh dollaridan oshmasligi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga aylantiriladi).
30 kalendar kuni ichida o‘tkaziladigan amaliyotlarning maksimal miqdori 90 000 AQSh dollaridan oshmasligi kerak (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga aylantiriladi).
Pul o'tkazmasini qanday olish mumkin
Xizmatdan foydalanish va kartaga pul o'tkazmasini olishning ikki yo'li mavjud:
“Korona” mobil ilovasida va
koronapay.com veb-saytida.
Ikkala usuldan tunu kun foydalanish mumkin.
Kirish va ro'yxatdan o'tish
Birinchi marta kirishda O'zbekistonni tanlang, mobil telefoningiz raqamini kiriting, "Kirish kodini olish" tugmasini bosing va SMS da kelgan kodni kiriting.
Kiruvchi o’tkazma
Agar sizga “Korona (6+)” mobil ilovasida kartaga olinishi mumkin bo’lgan pul o'tkazmasi kelgan bo'lsa, ushbu pul o'tkazmasining qarshisidagi “Tarix” dastur ekranida "O'tkazmani kartaga olish" tugmasi paydo bo'ladi. Uni bosing.
O'tkazmani kartaga olish
O'tkazma summasini kartangizga tushadigan olish valyutasida ko'rasiz. "Kartaga tushurish" tugmasini bosing.
Oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi
Ko'rsatilgan ro'yxatlardan o'tkazma oluvchisining familiyasi, ismi, otasining ismini tanlang va "Tushirish” tugmasini
Bank kartasi
raqami
Bank kartangiz raqamini kiriting. Operatsiyani yakunlang.
O'tkazmasini onlayn olish uchun O'zbekistondagi istalgan bank tomonidan chiqarilgan UZCARD, HUMO, VISA, Mastercard yoki Maestro kartalaridan, shuningdek “Ipak Yo’li” AITB, “Orient Finance” XATB yoki “Hamkorbank” ATB tomonidan chiqarilgan UnionPay kartalaridan foydalaning.
Pul mablag'larini UZCARD va HUMO kartalariga o'tkazish o'zbek so'mida amalga oshiriladi.
Pul mablag'larini UnionPay, VISA, Mastercard yoki Maestro kartalariga o'tkazish AQSh dollarida amalga oshiriladi.
Limitlar:
Mijoz operatsiyalari soni bo'yicha:
O'tkazmalar summasi bo'yicha:
O'zbekistonda bank kartasiga pul mablag’larini tushirish komissiyasiz amalga oshiriladi*.
Pul mablag'larini karta rekvizitlari bo'yicha o'tkazish bir necha daqiqada yoki keyingi kalendar kunida amalga oshiriladi, bu pul o'tkazish topshirig'ini bajarishning mijoz tomonidan tanlangan (bir zumda yoki kechiktirilgan) usuliga bo’g’liq bo'ladi. Ko'pincha, pul kartaga tezda** tushadi, bu esa uni olish vaqtini qisqartirishga imkon beradi.
Valyutani konvertatsiya qilish kursi RNKO "Platejnyy Sentr" (OOO) tomonidan o'tkazmani kartaga tushirish to'g'risida so'rov shakllangan paytiga belgilanadi.
Agar siz “Zolotaya Korona” pul o'tkazmasini olishingiz kerak bo'lsa, telefoningizga “Korona (6+)” mobil ilovasini o'rnating. Ilovada qabul qilingan pul o'tkazmalari haqidagi barcha ma'lumotlar, shu jumladan o'tkazma raqami ham ko'rsatiladi. Bundan tashqari, yuboruvchi pul o'tkazmasini rasmiylashtirishda xizmatning xabarnomalar funksiyasidan foydalanishi yoki uning o'zi sizga raqamni ma’lum qilishi mumkin.
Yuborilgan yoki qabul qilingan o'tkazmalar to'g'risida ma'lumotlar avtorizatsiyadan so'ng "Tarix" bo'limida mavjud bo’ladi:
O’tkazmaga faqat yuboruvchi o'zgartirishlar kiritishi mumkin. O'zgatirishlar kiritilgandan so'ng takroran o’tkazmni olishga urinib ko’ring.